Линклар

Ertaga, 21 yanvar kuni, Doha shahrining Xalifa stadionida Osiyo Kubogining chorak final o'yini bo'lib o'tadi -- O'zbekiston terma jamoasi Iordaniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Iordaniya terma jamoasi maydonga asosiy tarkibdagi to'rt o'yinchisiz chiqishga majbur. Iordaniyalik asosiy hujumchilardan biri bo'lmish Oday Al-Saifi Siriya bilan bo'lgan o'yinda jarohat olganligi uchun O'zbekistonga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Eslatamiz, Oday Al-Saifining hal qiluvchi goli Irodaniya terma jomasini chorak finalga olib chiqgan edi.

Iordaniyalik o'yinchilar Hatem Akel va Anas Bani ham jarohat olganliklari uchun o'ynay olmaydilar. Basem Fati esa oldingi o'yinda ikkinchi sariq kartochka olganligi uchun keyingi o'yindan chetlatilgan.

O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalarining guruh o'yinlaridagi ko'rsatkichlariga nazar soling:

O'zbekiston:
Qatar 0-2 O'zbekiston ("A" guruhi, Osiyo Kubogi)
O'zbekiston 2-1 Quvayt ("A" guruhi, Osiyo Kubogi)
Xitoy 2-2 O'zbekiston ("A" guruhi, Osiyo Kubogi)

Iorganiya:
Yaponiya1-1 Iordaniya ("B" guruhi, Osiyo Kubogi)
Iordaniya 1-0 Saudiya Arabistoni ("B" guruhi, Osiyo Kubogi)
Iordaniya 2-1 Siriya ("B" guruhi, Osiyo Kubogi)

Shu kungacha milliy terma jamomiz Iorganiya terma jomoasi bilan to'rt marotaba kuch sinashgan. O'yinlar uch marotaba durang, bir marotaba esa O'zbekiston g'alabasi bilan yakunlangan.

O'zbekiston terma jamoasining tayyorgarligini va Iordaniya terma jamosida asosiy futbolchilarning bo'lmasligini hisobga olib, aksar futbol kuzatuvchilari milliy terma jamoamizning g'alabasini bashorat qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG