Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:04

Koinotda Yerga o‘xshash sayyoralar topildi


Chorshanba kuni bizning galaktikamizda joylashgan TRAPPIST-1 deb ataluvchi yulduz atrofida aylanuvchi Yerga o‘xshash 4 sayyora topildi. Bu sayyoralar keyingi 20 yil ichida topilgan ekzosayyoralarning navbatdagisidir. Avvalroq “qizil mitti” deb ataluvchi yulduzlar turkumiga kiruvchi TRAPPIST-1 atrofida Yersimon 3 sayyora topilgan edi.

Yangi aniqlangan sayyoralarning hajmi Yernikiga o‘xshash bo‘lib, ularning ikkitasi yashash mumkin bo‘lgan zonada, ya’ni ular o‘z quyoshidan suv suyuq holatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan masofada joylashgan. Avvalroq aniqlangan uch ekzosayyoraning bittasi Yer sayyorasiga o‘xshashdir. TRAPPIST-1 birdaniga uch sayyorasi Yerga o‘xshash bo‘lkan ilk yulduzdir.

NASA yangi yulduzlar haqida e’lon qilish uchun uyushtirgan matbot anjumani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayrimlar o‘zga sayyoralarda hayot topilgani haqida e’lon qilinishini kutdi. Yangi aniqlangan ekzosayyoralarda hayot bor yoki yo‘qligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, nazariy jihatdan Yerdagi hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi sayyoralarning aniqlangani muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekzosayyora yoki ekzoplaneta deb Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan har qanday sayyoraga aytiladi. Ilk ekzosayyora 1995 yilda aniqlangan. Somon Yo‘li galaktikasining o‘zidayoq milliardlab sayyora mavjudligi taxmin etiladi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 3449 ekzosayyora aniqlangan. Bularning 1264 tasi muz gigantlari, 1043 tasi gaz gigantlari va 781 tasi Yerdan ancha katta gigant sayyoralardir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishning imkoni bo‘lmagan sayyoralarni aniqlashning bir necha uslubi aniqlangan. Bular orasida yulduz chiqaradigan rang spektrini sayyora gravitatsiyasi tufayli o‘zgarishini o‘rganish, sayyora yulduz va kuzatuvchi o‘rtasida turganda yuzaga keladigan soyani kuzatish, ekzosayyorani o‘z yulduzi oldida maxsus kamera orqali suratga olish hamda yulduz nurining gravitatsiya tufayli egilishini o‘rganish kabi metodlar bor.

Bizga ma’lum bo‘lgan hayot uchun suv muhim ahamiyatga ega. Hozirgacha topilgan ekzosayyoralarning juda oz qismi yulduzdan o‘ta yaqin yoki o‘ta olis bo‘lmagan masofada joylashgan. Ammo suv yagnoa unsur emas, chunki boshqa sayyoralarda hayot butunlay boshqa sharoitlarda yuzaga kelishi ham mumkin.

XS
SM
MD
LG