Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:09

Iroqda AQSh askari halok bo‘ldi


Iroq shimolida chorshanba kuni AQShning bir askari o‘ldirildi. Bu haqda ma‘lumot bergan AQSh harbiy qo‘mondonligi tafsilotlarni ochiqlamadi.

Bundan oldin Najaf politsiyasi AQSh harbiy patruliga qarshi qo‘lbola bomba portlatilgani haqida ma‘lum qilgandi.

France-Press agentligiga ko‘ra, 2003 yili Iroqda boshlangan harbiy amaliyot davomida 4460 nafar AQSh harbiysi halok bo‘lgan.

Ayni paytda Iroqda AQShning 45 ming kishilik xarbiy qo‘shini mavjud.
XS
SM
MD
LG