Линклар

AQSh harbiylari 6 iyun kuni Iroqda besh nafar AQSh askari nobud bo‘lganini bildirdi.

AQSh harbiylari bayonotida ularning o‘limi sababi ma‘lum qilinmagan.

Biroq tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, amerikalik askarlar poytaxt Bag‘dod tashkarisidagi AQSh bazasiga qilingan raketa hujumida halok bo‘lgan.

Bu bilan prezident Saddam Husaynni hokimiyatdan ag‘darish uchun AQSh kuchlari 2003 yilda Iroqqa bostirib kirganidan beri bu mamlakatda halok bo‘lgan AQSh harbiylari soni 4,459 kishiga yetdi.

AQSh o‘tgan yil avgust oyida Iroqdagi harbiy amaliyotlarni rasman to‘xtatgan. Shunga qaramay, Iroqda AQShning 45 ming askari qolgan.

Ularning vazifasi Iroq harbiylarini tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda isyonchilarga qarshi kurashda Iroq xavfsizlik kuchlariga yordam berishdan iborat.
XS
SM
MD
LG