Линклар

logo-print

Karimov Mustaqillik bayrami haqida qaror imzoladi


Kuzatuvchilar bu yil ham Mustaqillik bayramining eng aziz mehmoni oddiy xalq emas, balki prezident Karimov va uning a‘yonlari bo‘lishini taxmin qilmoqdalar.

Kuzatuvchilar bu yil ham Mustaqillik bayramining eng aziz mehmoni oddiy xalq emas, balki prezident Karimov va uning a‘yonlari bo‘lishini taxmin qilmoqdalar.

Prezident qaroriga ko‘ra, mustaqillikning 20 yillik tantanalari “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” degan shior ostida o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 6 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

“Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini – milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda” deya boshlangan bu qarorda O‘zbekistonda “demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo‘lida erishgan marralar jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirayotgan”i ta‘kidlanadi.

Qarorga muvofiq, bu galgi bayram tadbirlari o‘zbekistonliklar, xususan, “yosh avlod qalbida chuqur taassurot qoldiradigan yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida” bayram dasturi tasdiqlangan, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish rejalangan.

Sakkiz banddan iborat mazkur qarorning beshinchi bandida “mazkur reja va dasturlardan o‘rin olgan tadbirlarni keng jamoatchilikni jalb etgan xolda, barcha yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko‘taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan ta‘sirchan shaklda, rasmiyatchilik va balandparvozlik ko‘rinishlaridan holi tarzda o‘tkazishga alohida e‘tibor qaratilsin”, deya alohida ta‘kidlanadi.

Biroq O‘zbekistondagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lgan manbalar bu qarorning o‘zi “rasmiyatchilikdan holi emas”ligini aytib, bu yil ham bayram tadbirlariga tomoshabin o‘laroq faqat saralangan va ishonchli odamlar qo‘yilishini, shuningdek, tantanalarda “o‘zini maqsadga muvofiq tutmagan” artist va qo‘shiqchilar ishtirok eta olmasligini taxmin qilmoqdalar.
XS
SM
MD
LG