Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:36

Islom Karimov Nursulton Nazarboyevni tabrikladi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Nursulton Nazarboyevni Qozog‘iston prezidenti etib qayta saylangani bilan tabrikladi.

Bu haqda QAZINFORM axborot agentligi xabar qildi.

Tabrik maktubida o‘tkazilgan saylov natijalari Qozog‘iston xalqining mamlakat prezidentiga yuksak ishonchi va qo‘llovini aks ettirishi bildirilgan.

Islom Karimov uzoqni ko‘zlovchi siyosatchi va rahbarning boy tajribasi Qozog‘iston manfaatlariga hamda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

8 aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Nursulton Nazarboyevning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi.

Qozog‘istonni qariyb 22 yildan buyon boshqarib kelayotgan 70 yoshli Nursulton Nazarboyev 3 aprel kungi saylovda prezidentlik kursisini yana 7 yilga saqlab qoldi.
XS
SM
MD
LG