Линклар

Prezident Karimov turkman hamkasbi Berdimuhammedovga Asakada chiqarilgan “Captiva” avtomobilini sovg‘a qildi.

Islom Karimov 5-6 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qurbonquli Berdimuhammedovga 40 ming dollarlik “Captiva” jipini in‘om etganini mahalliy nashrlar ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasida yaxshi an‘analar vujudga kelgani bilan izohlamoqdalar.

Bunga ular 2010 yil kuzida Islom Karimov Turmanistonga borganida Qurbonquli Berdimuhammedov O‘zbekiston prezidentiga zotdor arg‘umoq sovg‘a qilganini misol o‘laroq keltirmoqdalar.
Bilasizmi:
"captiva" so'zi lotin tilida "mahbus" so'zini anglatadi.

Har holda, Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga faqat o‘zbek jipini minib ketish uchungina kelmaganini rasmiy va norasmiy manbalardan kelayotgan xabarlardan bilsa bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra esa, 5 may kuni Toshkentga kelgan Qurbonquli Berdimuhammedov o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimov bilan “terrorchilik, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlik, Afg‘onistondagi vaziyat, O‘rta Osiyoda suv-energetika zahiralaridan samarali foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, transport va kommunikatsiya”ga oid va boshqa bir qator masalalarni muhokama qilgan.

Muzokara yakunida ikki prezident O‘zbekiston-Turkmaniston Qo‘shma bayonotiga imzo chekkanlar.

6 may kuni Berdimuhammedov Karimov bilan birga Buxoroga kelib, bu yerdagi me‘morlik obidalarini ko‘zdan kechirgan, ikki millat san‘at ustalari konsertidan bahramand bo‘lgan.

Tashrif so‘ngida Qurbonquli Berdimuhammedov o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimovga minnatdorchilik bildirib, “o‘zi uchun qulay vaqtda Turkmanistonga tashrif buyurishni taklif etgan”.

Bu taklifni qabul qilgan Islom Karimov Turkmanistonga endi qachon boradi va Qurbonquli Berdimuhammedov bu safar unga qanday hadya tortiq qilmoqchi – bu savollar hozircha ochiq qolmoqda.
XS
SM
MD
LG