Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:10

Islom Karimov uchun qirg'izistonlik maktab direktori xayfsan oldi


Botken viloyati Laylak tumanidagi “Qayrag‘och” o‘rta maktabi direktori Intizor Xolmatovaga o‘quvchilari “Islom Karimov – prezidentimiz”, degani uchun Qirg‘iziston respublikasi ta‘lim vazirligi xayfsan e‘lon qildi.
Aki-Press agentligi xabariga qaraganda, yaqinda vazirlik mutaxassislaridan bir guruhi asosan o‘zbeklar yashovchi Qayrag‘och qishlog‘ida bo‘lgan va bu yerdagi “Qayrag‘och” o‘rta maktabi o‘quvchilaridan prezidentlari kimligini so‘ragan. Savolga javoban “Islom Karimov”, degan javobni eshitishgan.
O‘quvchilarining bunday javobi uchun xayfsan olgan maktab direktorining aytishicha, Qirg‘izistonda o‘zbek maktablari uchun darsliklar yo‘qligi sababli o‘quvchilar O‘zbekistonda chiqarilgan darsliklardan foydalanishga majburdir. Bu darsliklarning birinchi betida esa,O‘zbekiston prezidenti portreti, “Prezidentimiz Islom Karimov”, degan yozuv hamda O‘zbekiston madhiyasi matni bosilgan.
Qirg‘iziston prezidenti kuni kecha bundan buyon respublikadagi barcha boshlang‘ich maktablarda ta‘lim qirg‘iz tiliga ko‘chirilajagini e‘lon qildi.
Shu kunda mamlakat bo‘ylab ta‘lim o‘zbek tilida olib boriladigan 200 dan ziyod maktab bor.
XS
SM
MD
LG