Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:42

Islom Karimov: Arab g‘alayonini tashqi kuchlar sodir qildi


Karimov fikricha, Andijon xunrezligi bilan arab isyonlarining sabablari uyg‘undir.
Karimov fikricha, Andijon xunrezligi bilan arab isyonlarining sabablari uyg‘undir.
Prezident Karimov neft va gaz zahiralari Arab dunyosidagi bo‘lgani kabi Andijondagi qonli voqealarga ham sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov arab davlatlaridagi g‘alayonlarni tashqi kuchlar keltirib chiqargan, deb bayonot berdi.

Prezident Karimovga ko‘ra, g‘alayonlar iskanjasida qolgan arab davlatlaridagi boy tabiiy zahiralar, ayniqsa, neftga erishish uchun tashqi kuchlar bu davlatlar xalqlariga ta‘sir ko‘rsatgan, katta miqdorda moliyaviy yordam bergan va shu bois keng ko‘lamli tartibsizliklar kelib chiqqan.

Prezident Karimov O‘zbekistonning ham neft, gaz, oltin, uran kabi boy tabiiy zahiralarga ega ekanini eslatib, 2005 yilgi Andijon voqealari ham aynan shu sababdan keltirib chiqarilganini ta‘kidladi.

Prezident Islom Karimov Tunis, Misr, Liviya, Yaman, Bahrayn, Suriya kabi davlatlarida yuzaga chiqqan g‘alayonlarga ilk bor munosabat bildirmoqda.

Shu o‘rinda eslatish joiz, O‘zbekiston rasmiy matbuoti bu davlatlaridagi xalq isyonlari haqida mutlaqo sukut saqlab kelmoqda va rasmiy televideniye orqali bu voqealarni tilga olgan ilk o‘zbekistonlik prezident Islom Karimov bo‘lsa ham ajab emas.

Quyida prezident Karimovning O‘zbekiston televideniyesi orqali eshittirilgan bayonotini tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG