Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:16

Qirg‘izistonda O‘murbek Tekebaevning qo‘lga olingani qoralanmoqda


Qirg‘izistondagi siyosiy muxolifat liderlari mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi. 2017 yil, 27 fevral.
Qirg‘izistondagi siyosiy muxolifat liderlari mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi. 2017 yil, 27 fevral.

26 fevral kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bishkekda Qirg‘iziston muxolifati yetakchisi O‘murbek Tekebaevni qo‘lga olib, so‘roq qilgani olib ketishdi. Siyosatchini qo‘llab aeroportga to‘plangan shaxslar ham qo‘lga olindi. Keyinroq Tekebaevni 48 soat ushlab turish qarori qabul olindi. Bu hol yuzasidan deputatlar hamda faollar fikr bildirmoqda.

Qirg‘iziston Jo‘g‘o‘rqu Keneshining sobiq deputati Cholpon Jakupova: “Bu huquqlarni tanlab ishlatish bo‘lib, adolatga kirmaydi”, dedi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Tekebaev korruptsiyaga oid jinoyat iddolari bilan qo‘lga olingan.

“Onuguu-Progress” fraktsiyasi yetakchisi Baqit Torobaev maxsus xizmatlar xodimlari Tekebaevdek siyosatchini qo‘lga olishda asossiz kuch ishlatdi, deb hisoblaydi.

“O‘murbek Tekebaev yashirishni yoki huquq-tartibot idoralariga biror yo‘l bilan to‘sqinlik qilishni istamagan, deb o‘ylayman. Tekebaev shunchaki Oliy kengash deputati emas, u yana muxolifatchi fraksiya yetakchisi ekanligini eslatib o‘tmoqchiman. Huquq-tartibot organlari hamda “Ata-Meken” partiyasi deputatlari o‘rtasidagi siyosiy qarama-qarshilik avj olayotganidan xavotirdaman”, dedi Torobaev.

Tekebaevni qo‘llab Olatog‘ maydonida o‘tkazilgan namoyishga kelgan sobiq prezident Roza O‘tunbaeva: “Qirg‘izstonda bu hol qaytalamaydi, deb o‘ylagan edim”, dedi.

O‘tunbaevaga ko‘ra, Tekebaev mamlakatda demokratiya o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shgan.

“Uni samolyot trapidan so‘roq qilgani olib ketishdi. Bu bizni qayg‘uga soladi. Bu narsani Aqaev, Bakieva davrida ko‘rganmiz. Viloyatlarga borganimizda bizni militsiya kuzatar edi. Bu o‘tib ketdi. Men Qirg‘izistonda bu narsa boshqa qaytalanmaydi, deb o‘ylagandim, ishongandim”.

Tekebaevning rafiqasi Aygul Tekebaeva: “Turmush o‘rtog‘imda biror nima bo‘lsa, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aybdor bo‘ladi”, dedi.

26 fevralgi miting davomida Tekebaev sog‘lig‘i yomonlashgani aytildi. Buning ortidan rafiqasi unga dori-darmon olib borib berdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament yig‘ini Tekebaev ishini yaqindan kuzatmoqda. Bu haqda Ozodlikka tashkilot matbuot kotibi Net Perri bildirdi.

“U yig‘inimizning a’zosi. Shu sababga ko‘ra, vaziyatni yaqinda kuzatib boramiz. Qirg‘iziston rasmiylari qonun ustuvorliga amal qiladilar va uni ta’minlaydilar, deb ishonamiz”, dedi Perri.

XS
SM
MD
LG