Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:09

Isroil yon bermoqchi, lekin chegaraga qaytmoqchi emas


Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, uning davlati hech qachon Falastin bilan tinchlik o‘rnatish imkoniyatlarini izlashni to‘xtatmaydi bu yo‘lda “og‘riqli murosa”ga borishga tayyor.

AQSh Kongressi ikkala palatasining qo‘shma majlisida qilgan chiqishi chog‘ida Netanyaxu Isroil falastinliklar da‘vo qilayotgan hududlarning bir qismini berishi mumkinligi, biroq hech qachon 1967 yilgi chegaraga qaytmasligi to‘g‘risida bayonot qildi.
Netanyaxuga ko‘ra, u 67 yilgi chegara “himoyasiz”dir.

Bunga qadar Barak Obama Isroil hukumatini 1967 yildagi chegaraga qaytish masalasi Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatining asosiy sharti ekanini tan olishga chaqirgan edi.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, yana bir bor falastinlik qochqinlar va ularning oilalari Isroil hududiga qaytishiga hamda Quddus shahrining, falastinliklar istayotganday g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘linishiga qarshi ekanligini eslatib o‘tdi.

Falastin muxtoriyati raisi Mahmud Abbosning matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxuning AQSh Kongressidagi chiqishi tinchlikka hissa qo‘shmaydi, aksincha, tinchlikka olib boruvchi yo‘ldagi qo‘shimcha to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
XS
SM
MD
LG