Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:22

Italiya ham burqani taqiqlamoqchi


Italiya parlamenti qo‘mita a‘zolari jamoat joylarida burqa kiyishni butunlay taqiqlashga oid yangi qonun loyihasini ma‘qulladi.

Agar o‘ng markaz koalitsiya tarafidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mazkur qonun qabul qilinsa, Italiyada jamoat joylarida yuzni berkituvchi paranji, burqa, chodir kiyish man etiladi.

Qonunga bo‘ysunmaganlarga 150-300 yevro miqdorida jarima solinishi, ayollarni yuzlarini bekitib turuvchi liboslar kiyishga majburlovchilar esa 30 ming yevrolik jarimaga yoki bir yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Italiya parlamenti a‘zosi Barbara Saltamartini ayollar qadr-qimmatini toptaydigan, ularning Yevropa jamiyatiga integratsiyalashuviga to‘siq bo‘layotgan burqa, paranji, chodirlarni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Italiya muxolifati a‘zolari esa, ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi chiqib, bu diniy erkinliklarga zid ekani va musulmonlar g‘azabini qo‘zg‘otishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.

Joriy etilajak ta‘qiq Italiyada musulmon jamoalarining keskin noroziligiga sabab bo‘lishi kutilayapti.

Ularga ko‘ra, yangi qonun burqa yopinuvchi ayollarni uylaridan chiqa olmaydigan qilib qo‘yishi mumkin.

Avvalroq Fransiya va Belgiyada jamoat joylarida burqa kiyishni butunlay ta‘qiqlashga oid qonun qabul qilingan edi.
XS
SM
MD
LG