Линклар

Iyun voqealari bo‘yicha hisobot martda chiqadi


YeXHT parlament assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Kimmo Kilyunen.

YeXHT parlament assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Kimmo Kilyunen.

O‘sh va Jalolobod viloyatlarida iyun oyida amalga oshirilgan zo‘ravonliklar sabablarini o‘rgangan xalqaro komissiya o‘z xulosasini martda e‘lon qiladi.

Bu haqda 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Komissiya raisi, YeXHT parlament assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Kimmo Kilyunen xabar qildi.

Kilyunenga ko‘ra, komissiya iyun qirg‘ini qurbonlari va guvohlari bo‘lgan 400 nafar atrofidagi odam bilan suhbatlar o‘tkazgan. So‘ralganlarning 45 foizi o‘zbeklar, 40 foizi qirg‘izlardir. Bundan tashqari komissiyaga 100 ga yaqin yozma ariza kelib tushgan.

Xalqaro komissiya o‘z xulosasini hammasi bo‘lib 700 ga yaqin kishi bilan o‘tkazilgan intervyular asosida chiqaradi.
XS
SM
MD
LG