Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:33

Iyun voqealari qirg'izistonlik o'zbek yoshlarining internetga muomalasini o'zgartirdi


Mutaxassislar fikricha, iyun oyida Qirg‘iziston janubida bo‘lib o‘tgan qirg‘indan keyin o‘zbek yoshlari internetda yanada faollashdi. Bunga sabab qatori ular o‘zbek yoshlarining Qirg‘izistonni iyun oyida ommaviy tark etganligini ko‘rsatishmoqda.

Qirg‘izistonda ko‘p yillardan beri internet saytlarini ochish, ularda muxarrirlik qilishlik bilan birga internetda yoshlarning o‘rnini, ularning faolligini kuzatib borayotgan internet sohasi bo‘yicha mutaxassis Illarionning fikricha, iyun voqealaridan keyin o‘zbek yoshlari internetda yanada faollashdi. Bunga sabab qatori u o'tgan yilning uyin oyida Qirg'izistonning janubida joylashgan O'sh va Jalolobod shaharlarida sodir etilgan qirg'indan so'ng yoshlarning ommaviy Qirg‘izistonni tark etganliklari va xorijdan turib o‘z vatanlari haqida ma‘lumot olishlari uchun internet qulay vosita ekanligi aytadi.

Ayni paytda Odnoklassniki.ru saytining “Uzbekskaya maxallya v Bishkeke” guruhi moderatori Axmadxon ham Qirg‘izistonning shimolida istiqomat qiluvchi o‘zbek yoshlarining har doim ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lganini, asosan To‘qmoq, Qant, Qora Bolta va Bishkekda yashovchi o‘zbek yoshlari uchun internet zo‘r kommunikativ kanalligini ta‘kidlaydi.

- Fikrimcha iyun voqealaridan keyin o‘zbek yoshlari internetda yanada birlashdilar. Bu birlashish birovlarga “qarshi” yoki “ataylab” emas, balki o‘zlari, o‘z jamoalari uchun bo‘ldi. Bir birlarini ruhan va moddiy qo‘llab turish uchun bo‘ldi.
Qirg'izistonlik internet foydalanuvchilari asosan Odnoklassniki.ru (241 490) va "Moy mir" (117 350) ijtimoiy tarmoqlarida vaqt o'tkazishadi.

O‘rta Osiyodagi ilg‘or bloggerlardan biri, asli qirg‘izistonlik o‘zbek To‘lqin Axmadxonning gaplarini qisman tasdiqlab, internet Qirg‘iziston shimolidagi o‘zbek yoshlari orasida zo‘r kommunikativ kanal ekanini ta'kidladi. To'lqinning ta'kidlashicha, iyun voqealaridan so'ng Osh va Jalolobodlik o'zbek yoshlari ham internetda faollashib ketdi. Chunki, deydi To'lqin, mamalkatda yuz bergan keskin siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlar yoshlarning yangiliklarga bo'lgan talabini oshirdi. Biroq Qirg‘iziston janubida joylashgan O‘sh va Jalolobodlik o‘zbek yoshlari bilan Qirg‘iziston shimolida, asosan To‘qmoq, Qant, Qora Bolta va Bishkek kabi shaharlarda yashovchi o‘zbek yoshlari orasida o‘rtasida internet o'zaro aloqa kanali emas va bu ikki guruh bir biri bilan internet orqali "bordi-keldi" qilishmaydi, deydi To'lqin.

- Bir davlatda yashaganlari bilan, Qirg‘izistonning shimoli va janubida yashaydigan o‘zbek yoshlarini internetda birlashganini sezganim yo‘q. Bunga sabab til ham bo‘lishi mumkin. Shimollik o‘zbek yoshlari asosan rus tilida muloqot qilishsa, janubliklar o‘zbek tilida gaplashishadi. Shuning uchunmi, oralarida aloqa juda oz. Har ikkala jamoa o‘z o‘zlaricha juda faol.

To‘lqinning fikricha, iyun voqealaridan keyin internetda qirg‘izistonlik yoshlar ancha faollashdi. Buni Facebook yoki Odnoklassniki.ru kabi ijtimoiy tarmoqlarda qirg‘izistonlik o‘zbek yoshlarining bir qator guruxlari ochilganligidan va u guruxlarning kundan kunga safi kengayayotganidan ko‘rish mumkin. Avvallari internet o‘zbek yoshlari vaqtini chog‘ o‘tkazish uchun xizmat qilsa, iyun voqealaridan so‘ng internet siyosiy va ijtimoiy yangiliklarni bir birlariga ulashishda, bir birlariga moddiy va ma‘naviy yordam ko‘rsatishda juda keng foydalanilyapti. Bu esa, bir kun kelib qirg‘izistonlik barcha o‘zbek yoshlarini internetda birlashiga olib kelishini aytadi blogger.

Jumladan, iyun voqealarigacha O‘shdagi internet kafelarning birida administrator bo‘lib ishlagan Dilshod ham, iyundan avval internet o‘zbek yoshlari orasida siyosiy, ijtimoiy masalalarni yorituvchi saytlarga qiziqish uncha katta bo‘lmaganini ta‘kidlaydi:

-Siyosatdan uzoqligi uchunmi, Fergana.ru yoki Ozodlik.org ga o‘xshash saytlarni juda kamchilik o‘qirdi. Xozir bo‘lsa men tanigan yoshlarning xammasi ma‘lumotni internetdan olishadi. Juda tezlik bilan o‘syapti internetdan foydalanuvchilar o‘shlik yoshlar o‘rtasida, deydi O‘shdagi internet klubining sobiq administratori Dilshod.

Qirg‘iziston davlat aloqa agentligining 2010 yil yakunidagi ma‘lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda internet foydalanuvchilar soni 2 815 378 ga yetgan. Ulardan aktiv foydalanuvchilar soni (oxirgi uch oy ichida kamida bir marta internetdan foydalanganlar) 1 141 678 ga teng.
XS
SM
MD
LG