Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:31

Jahon chempionati: AQSh - O'zbekiston 1:2


Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U17) mashg'ulot vaqtida.
Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U17) mashg'ulot vaqtida.
Meksikada o'tayotgan Jahon chempionatida qatnashayotgan o'smirlarimiz (U17) havodek zarur bo'lgan g'alabani qo'lga kiritishdi. Guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvida Aleksey Yevstafeyev boshchiligidagi yigitlarimiz AQSh o'smirlar termasi ustidan 2:1 hisobi bilan g'alaba qozonishdi.

Kuchli quyosh va nihoyatda issiq vaqtda o'ynalgan o'yin ikkala jamoaga ham oson kechmadi. O'yin boshidanoq kontr-hujumlar taktikasini tanlagan O'zbekiston terma jamoasi o'yin boshidayoq adashmaganligini ko'rsatdi. 13-raqam ostida maydonga tushgan Bobur Davlatov o'yinning 13-daqiqasida chiroyli ravishda aylantirib bergan zarbasini AQSh darvozaboni qaytarishga ojizlik qildi. Golga o'tgan o'yindagi gol muallifi Temur Hakimov assistentlik qildi.

Oradan ko'p o'tmay terma jamoamiz raqib darvozasini ikkinchi marotaba ishg'ol qildi. Temur Hakamov ikki himoyachi orasidan oshirgan to'pni jamoamiz sardori Abbos Maxstaliyev darvozabonni ayyorlikcha dog'da qoldirdi. Afsuski, Aliksey Nikolayev boshchiligadi rossiyalik hakamlar holatni o'yindan tashqarida deb baholadi. Biroq takroran ko'rsatilgan lavha buni aksini tasdiqladi.

O'yinning birinchi yarmi hujumlarga boy bo'lgan bo'lsada, tanaffusga jamoalar 1:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.

O'yinning ikkinchi yarmining boshidayoq AQSh o'smirlari hisobni tenglashtirishdi. Chexiya bilan bo'lgan o'yinda ikkinchi taymda o'yinga tushishi bilanoq gol urgan Koroma bu safar ham shunday qildi. Tanaffusdan Esteban Rodrigez o'rniga maydonga tushgan Koroma o'yinning 47-daqiqasida O'zbekiston jarima maydoniga yorib kirib, darvozabon Xolmurodovni dog'da qoldirdi. Hisob 1:1.

Taym boshidayoq gol o'tkazib yuborish oson emas - ruhiy muvozanatni saqlab qolish juda qiyin. Biroq raqib golidan kop o'tmasdan terma jamoamizga omad kulib boqdi. Jarima maydonida hujumchimiz Abbos Maxstaliyevga qarshi ishlatilgan qo'pollik terma jamoamizga penalti ishlab berdi. Penaltini o'zi ijro etgan Maxstaliyev darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. Hisob 2:1.

O'yinning qolgan qismi shiddatli hujumlarga va havfli vaziyarga boy bo'lgan bo'lsada, o'yin hisobi o'zgarmay qoldi. Shunday qilib, guruh bosqichi birinchi turida Yangi Zenlandiyaga yutqazgan O'zbekiston terma jamoasi juda ham kerakli g'alabani qo'lga kiritdi.


Ikkinchi taym qiziq vaziyatlarini ko'rish uchun video pastgi chap burchagidagi qizil tugmachani bosing.

Gyuruh bosqichidagi so'ngi tur 25 iyun kuni Chexiya o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tadi.

O'smirlar o'rtasida Jahon chempionati
“D” guruhi, 2-tur
AQSh – O'zbekiston 1:2 (0:1)


Gollar: Alfred Koroma '47 – Bobur Davlatov '13, Abbos Maxstaliyev '53-penalti
Ogohlantirishlar: Amon '34, Zachari Kerrol '57, Mobi Fer '57 – Temur Hakimov '41

O‘zbekiston: G‘anisher Xolmurodov, Sardor Rahmonov, Ravshanjon Haydarov (Mirzamurod Jo‘raboyev 89), Azizbek Murodov, Asiljon Mansurov, Abbos Maxstaliyev, Azizbek Murodov, Sardor Sobirxo‘jayev, Xolmurod Xolmurodov (Davlatbek Yorbekov 60), Temur Hakimov (Muhsin Ubaydullayev 83), Bobur Davlatov, Javlon Mirabdullayev.

AQSh: Kendall Makintosh, Zachari Kerrol, Yozef Emon (Natan Smit '46), Metyu Dan, Mobi Fer, Esteban Rodrigez (Alfred Koroma '46), Mario Rodrigez, Alexandro Guido (Niko Melo '83), Mark Pelosi, Kellin Akosta, Pol Arriola

Bosh hakam: Aleksey Nikolayev (Rossiya)

2011 yil 22 iyun. Meksika. Torreon. “Korona”.

***

"D" guruhi jadvali:

Terma jamoalar Ochkolar O'yinlar G'alaba Mag'lubiyat Gollar nisbati
Yangi Zelandiya 3 2 1 1 2
AQSh 3 2 1 1 2
O'zbekiston 3 2 1 1 -2
Chexiya 3 2 1 1 -2
XS
SM
MD
LG