Линклар

Meksikada o'tayotgan futbol bo'yicha Jahon chempionatida qatnashayotgan o'smirlarimiz (U17) guruhda birinchi o'rinni egallashib, pley-off o'yinlariga yo'llanma olishdi.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi guruh so'ngi uchrashuvida Chexiya o'smirlari terma jamoasiga qarshi o'yinda 2:1 hisobi bilan g'olib bo'lishdi.

Ayni guruhda ishtirok etayotgan AQSh va Yangi Zellandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi.

Shunday qilib, ochkolar hisobini 6ga yetkazgan o'smirlarimiz "D" guruhida birinchi o'rinni egallashdi va nimchorak bosqichiga yollanma olishdi.

Chexiyaliklarga qarshi o'tgan o'yin juda ham qiziqarli bo'ldi, desak adashmaymiz. O'yin 23-daqiqasida penaltidan gol o'tkazib yuborgan bo'lsalar-da, o'zbekistonliklar ruhlarini tushirmasdan, hujumga zo'r berdilar. O'yinning 44-daqiqasida chiroyli hujum natijasida hamyurtlarimiz hisobni tenglashtirdilar - 1:1. Hujumchimiz Temur Hakimov golga mualliflik qildi.

Tanaffusdan qaytgan o'smirlarimizning o'z kuchiga ishonchi yana ham ortgani yaqqol sezilib turdi. O'yin 72-daqiqasida raqib himoyachisining qo'pol xatosidan foydalangan jamoamiz sardori Abbosbek Maxstaliyev to'pni darvozabon oyoqlari orasidan darvozaga yo'llab, hisobni 2:1 yetkazdi.

Shundan so'ng o'zbekistonliklar birin-ketin keskin hujumlar uyushrita boshlashdi. O'yinchilarimiz bir necha bor raqib darvozaboni bilan birma-bir vaziyatlarga chiqgan bo'lsalar-da, o'yin oxirigacha hisob o'zgargani yo'q.

Nimchorak uchrashuvida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "F" guruhida uchinchi o'rinni egallagan jamoa bilan to'qnashadi. Bu jamoa "F" guruhininh bugun o'tadigan o'yinlaridan so'ng aniqlanadi.



Shunday qilib, Aleksey Yevstafeyev boshchiligadi o'smirlarimiz O'zbekiston futbol tarixida birinchi marotaba 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga chiqishdi va guruh bosqichida birinchi o'rinni egallashdi.

"Yosh to'lqin" tahririyati futbolchi o'smirlarimizga 29 iyun kuni o'tadigan nimchorak uchrashuvida omad tilab qoladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG