Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:04

Jenifer Lopes o‘zbek millioneri to‘yida 1 million dollarga kuyladi


O‘zbek millioneri Jenifer Lopesga 1 million dollar gonorar to‘ladi.
O‘zbek millioneri Jenifer Lopesga 1 million dollar gonorar to‘ladi.
Qrimda neft magnati va millioner A‘zam Aslanov 33 yoshli o‘g‘li Omonning to‘yida kuylashi uchun amerikalik taniqli estrada yulduzi Jenifer Lopesga bir million AQSh dollari to‘ladi.

Bu haqda ma‘lum qilgan Newsliga sayti ma‘lumotiga ko‘ra, to‘y Qrimdagi mashhur “Ayvazovskiy” pansionatida o‘tkazilgan.

To‘yda Jenifer Lopesdan tashqari Nikolay Baskov, Filipp Kirkorov, Zemfira singari 15 dan ziyod rossiyalik estrada yulduzlari ham qo‘shiq kuylagan.

Shuningdek, O‘zbekistondan “Ofarin” raqs guruhi maxsus taklif qilingan.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, o‘zbek millioneri A‘zam Aslanov o‘g‘lining to‘yiga jami 15 million dollar sarflagan.
XS
SM
MD
LG