Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi o'yinchilari Server Jeparov va Timur Kapadze endi Janubiy Koreya futbol klublarida to'p surishadi. Milliy terma jamomiz sardori, 2008 yilda Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi Server Jeparov Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan uch yillik shartnomani imzoladi. Serverning "Bunyodkor"dagi jamoadoshi yarimhimoyachi Timur Kapadze esa "Incheon United" futbol klubida o'tadigan bo'ldi.

Eslatamiz, Server Jeparov o'tgan futbol mavsumida "Seul" tarkibida "Bunyodkor"dan ijaraga olingan o'yinchi qatorida to'p surgan edi. Jeparov "Seul" tarkibida o'tkazgan 18 o'yinida bir gol muallifik va 7 golga assistentlik qilib, "Seul"ning chempion bo'lishiga munosib hissasini qo'shgan edi.

Yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tgan futbol bo'yicha Osiyo Kubogida Server Jeparov 6 o'yinda ikki gol egasi bo'lib, turnirning eng yaxshi to'rt o'yinchilari qatoridan o'rin olgan edi.

Sunday qilib, O'zbekistonning chet elda to'p surayotgan legionerlari soni ortib bormoqda. O'ylaymizki ular chet el futbol maktablarida o'z tajribalarini orttirib, O'zbekiston terma jamoasining yanada katta yutuqlariga o'z hissasini qo'shishadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG