Линклар

logo-print
Qirg‘iziston parlamenti mamlakatda Farg‘ona.ru saytini blok qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

16 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti 2010 yilgi iyun voqealarini o‘rgangan parlament komissiyasi xulosasini ko‘rib chiqib, o‘z qarorini e‘lon qildi va qarorning muhim punktlaridan biri Farg‘ona.ru axborot agentligi saytini yopish bo‘ldi.

Farg‘ona.ru agentligi bosh muharriri Danil Kislov Jo‘g‘o‘rqu Keneshning bu qarorida “mantiq juda oz”, deb hisoblashini aytdi.

- Bu qarorda mantiq juda oz. Jiddiy baho beriladigan bo‘lsa, bu juda ayanchli va bu Qirg‘iziston xalqi ikkinchi inqilob uchun qilgan kurashidan kutgan mevalar emas. Xalq so‘z erkinligi va demokratiyani istagan edi. Bu hukumat bizni nafaqat Bakiyev davridagi bedodlik yoki Akayev davridagi yumshoqqina avtoritarizm davriga qaytarmoqda, balki undan ham nariroq borib, post sovet hududiga o‘ziga xos presedent o‘laroq birorta internet nashrini qonuniy yo‘l bilan yopishga urinmoqda, deydi Danil Kislov.

Shuningdek, Qirg‘iziston parlamentining 7 qog‘ozlik qarorida “2010 yilning iyun oyida sodir bo‘lgan millatlararo to‘qnashuv chog‘ida Qirg‘iz Respublikasida genotsid, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘lmagan”i qayd etilgan.

Qarorda 2010 yil may-iyun oylarida O‘sh shahri, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida sodir bo‘lgan fojiaviy voqealarning asosiy tashkilotlari va aybdorlari sifatida o‘zbek liderlari, xususan, Qodirjon Botirov, Inomjon Abdurasulov, Jaloliddin Salohiddinov va boshqalarni “millatchilik va ayirmachilik harakatlariga aloqador” shaxslar sifatida tilga olgan.
XS
SM
MD
LG