Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:39

Jon MakKeyn Liviya isyonchilarini qahramon, deb atadi


Liviyadagi harbiy amaliyot tarafdorlaridan biri, AQSh Senatori Jon MakKeyn Muammar Qaddafiyga qarshi kurashayotgan isyonchi kuchlar bilan so‘zlashuvlar yuritish uchun bugun Beng‘aziga bordi.

Xabarlarga ko‘ra, MakKeyn Beng‘ozidagi isyonchilarni o‘z qahramonlari, deb atagan.

Jon MakKeyn fevral oyi o‘rtalarida boshlangan xalqaro qo‘shinlarning Liviyadagi amaliyotlari davrida bu davlatga borgan eng yuqori martabalari AQSh rasmiysidir.

U AQSh ma‘muriyatini Liviyadagi amaliyotlarga yana qo‘shilishga da‘vat qilgan senatorlardan biridir.
XS
SM
MD
LG