Линклар

Britaniya josusligida gumon qilingan, ammo, odam savdosida aybdor topilib, 6 yilga qamalgan chirchiqlik sobiq harbiy Qayum Ortiqov muddatidan avval ozod qilindi.

Ozodlikka intervyu bergan Qayum Ortiqovga ko‘ra, uni 3 yilu 7 oy davlat hisobiga ishlab berish sharti bilan muddatidan avval ozod qilishgan.

Toshkent viloyati, Chirchiq tumanidagi harbiy o‘quv yurti, keyinchalik Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasida besh yil qorovul bo‘lib ishlagan Qayum Ortiqov 2008 yil dekabr oyida odam savdosi va o‘zga davlat foydasiga josuslikda gumon qilinib, hibsga olingan edi.

2009 yilning yanvar oyida esa odam savdosida aybdor topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayum Ortiqov uning hibsga olinishi shov-shuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan josuslik bo‘yicha ayblovlar masalasiga oydinlik kiritishni istamadi va Ozodlik muxbiriga: “Bu haqda gapirishga qo‘rqaman”, deb javob berdi.

Qo‘shimcha qilish joiz, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ham uning binosida besh yil qorovul bo‘lib ishlagan Ortiqovning josuslikda ayblanishi borasida biror bir munosabat bildirmagan.
XS
SM
MD
LG