Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:09

JSSTning byudjeti milliard dollarga qisqaradi


JSST Bosh direktori Dr.Margaret Chan
JSST Bosh direktori Dr.Margaret Chan
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining kelasi yilgi byudjeti bir milliard dollarga qisqaradi.

Bunga boy donor davlatlardagi moliyaviy muammolar hamda AQSh dollarining boshqa valyutalarga nisbatan kursi pasayib ketgani sabab bo‘ldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chan muxbirlarga 30 ta donor davlat ajratayotgan mablag‘ miqdori kamaygani tashkilotning asosiy muammosi ekanini urg‘uladi.

Chan boshqa muammo Shvyeysariya frankiga nisbatan AQSh dollari kursining rekord darajada pasayib ketgani ekanini qo‘shimcha qildi.

Shu bois JSST xodimlari soni 12 foizga qisqarishi, ya‘ni 300 nafar xodim ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG