Линклар

Bugun Wikileaks sayti asoschisi Juliyan Assanj uni Shvyesiyaga ekstraditsiya qilish masalasi yuzasidan mahkamada qatnashish uchun London sudiga bordi.

Shvyesiya Assanjni ikki ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilayotganlikda ayblamoqda. Assanj esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Uning advokati o‘z himoyalanuvchisiga rasman aniq ayblov qo‘yilmagani va uning so‘roq berishga tayyorligini aytib, ekstraditsiyaga zarurat yo‘q, demoqda.

Advokat agar Assanj Shvyesiyaga berib yuborilsa, u u yerdan AQSh ga ekstraditsiya qilinishi mumkinligi va AQSh da maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun ayblanishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

London sudidagi mahkama ikki kun davom etishi va sud hay‘ati qarori shu oy oxiriga qadar e‘lon qilinishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG