Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:29

Jurnalist Ziyovuddin Boboqurbon olamdan o‘tdi


Sovyet davrida Turkiston ozodligi g‘oyasi targ‘ibotchisi bo‘lgan Ziyovuddin Boboqurbon jurnalist sifatida Ozodlik radiosiga ham ko‘p xizmati singgandi.
Sovyet davrida Turkiston ozodligi g‘oyasi targ‘ibotchisi bo‘lgan Ziyovuddin Boboqurbon jurnalist sifatida Ozodlik radiosiga ham ko‘p xizmati singgandi.
Ozodlik radiosida 1994 yilgacha Turkistonli Jomboy taxallusi bilan ishlagan Ziyovuddin Boboqurbon 8 may kuni 80 yoshida Turkiyada olamdan o‘tdi.

Ziyovuddin Boboqurbon 1931 yili Marg‘ilonda boy oilada dunyoga kelgan. U hali go‘dak paytida ota-onasi yetovida sovet tazyiqlaridan qochib vatanni tark qildi.

Boboqurbonlar oilasi Sharqiy Turkiston¸ Hindiston va Pokistonda bir muddat yashab, 1941 yilda Turkiyaga ko‘chib keldi.

Ziyovuddin Boboqurbon Turkiya dorilfuninida o‘qib, jurnalist kasbini tanladi va umrining oxirigacha Turkiston ozodligi g‘oyasining targ‘ibotchisi bo‘ldi.

Ziyovuddin Boboqurbon 1962 yildan 1967 yilga qadar Turkiyadagi “Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy yordam tashkiloti"da rahbar bo‘ldi.

O‘sha yillarda u “Hur Turkiston uchun istiqlol gazeti”ni tashkil qilib, vatan ozodligi haqida muntazam maqolalar yozib turdi.

Bu gazeta sonlari Toshkent¸ Qo‘qon va Xivaga muntazam yetkizilib turilgani haqida KGB arxivida hujjatlar bor.

Ziyovuddin Boboqurbon 1994 yilga qadar Ozodlik radiosida ishladi.

Ziyovuddin akaning Turkistonli Jomboy tahallusi bilan qilgan chiqishlari Ozodlikning keksa muxlislari xotirasida hanuz saqlanadi.

Ziyovuddin Boboqurbon Gorbachev hurriyati davrida O‘zbekistonga kelishga muvaffaq bo‘ldi. Unga faqat Samarqandga turist bo‘lib borishga izn berilishiga qaramasdan, Toshkent va Farg‘ona vodiysiga erkin safar qilgan edi. "O‘sha paytda bu katta mardlik edi", - deb eslaydi Birlik partiyasi rahbari Abdurahim Po‘latov

1992 yilda Ziyovuddin Boboqurbonning adabiy-jurnalistik faoliyati O‘zbekistondagi Abdulhamid Cho‘lpon mukofoti bilan taqdirlandi.

Ozodlik jamoasi o‘zlarining marhum safdoshi Ziyovuddin Boboqurbon oila a‘zolariga ta‘ziya bildiradi.
XS
SM
MD
LG