Линклар

Pokistonning Karachi shahridagi qimorxonalarning birida sodir bo‘lgan portlashdan kamida 15 odam nobud bo‘ldi, o‘nlab odam yaralandi.

Xabarlarga ko‘ra, portlovchi uskuna uzoqdan turib harakatga keltirilgan.

“Portlash jinoiy unsurlarning ishimi yoki terrorchilarning, bu hozircha noma‘lum, buni o‘rganyapmiz”, dedi shahar politsiyasi rahbari Iqbol Mahmud.

Karachi shahrida jinoiy to‘dalar va islomiy guruhlarga mansubligi iddao qilinadigan shaxslar tarafidan sodir etilgan zo‘ravonliklar tez-tez ro‘y berib turadi.
XS
SM
MD
LG