Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:02

Karimovning Hindistonga safari chog‘ida 2,2 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi


O'zbekiston prezidenti Islom Karimov va Hindiston prezidenti Pratibha Patil (fotokollaj).
O'zbekiston prezidenti Islom Karimov va Hindiston prezidenti Pratibha Patil (fotokollaj).
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga ikki kunlik safari davomida umumiy qiymati ikki milliard dollardan ortiq 34 ta shartnoma imzolangan.

Bu haqda Hindistonda chiqadigan “The Hindu” nashri xabar qildi.

Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar Hindistonning Oil and Natural Gas Corporation shirkati bilan hamkorlikda O‘zbekistonda neft va gaz zahiralarini razvyedka qilish, shuningdek ikki davlat shirkatlari o‘rtasida paxta va terini qayta ishlash, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va kimyo sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

Bu Toshkent rahbarining Dehliga so‘nggi yigirma yil ichida uchinchi davlat tashrifidir.

Islom Karimov 1991 yil avgust oyida birinchi xorijiy safar bilan Hindistonga borgan edi.
XS
SM
MD
LG