Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:18

Karzay AQShni so‘nggi marta ogohlantirdi


Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay
Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay
Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay AQSh harbiylarini tinch aholi talafot ko‘radigan amaliyotlar o‘tkazishdan tiyilishga chaqirdi.

Karzayning idorasi e‘lon qilgan bayonotda bu Vashingtonga “so‘nggi ogohlantirish” deb atalgan.

NATO uchqichlari shanba kuni Helmand viloyatining Navzad tumanida uyushtirgan hujum oqibatida 10 nafar bola, ikki ayol va ikki erkak nobud bo‘lgani aytilmoqda.

Hujumga munosabat bildirgan prezident Karzay bunday amaliyotlar “Afg‘oniston bolalari va ayollarini o‘ldirayotgani”ni ta‘kidladi.

NATOning matbuot vakili mayor Tim Jeyms voqea yuz bergan joyda tekshiruv olib borilayotganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG