Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:47

Rossiyalik siyosiy faol Ildar Dadin: Qiynoqlar meni “sindirdi”


Ildar Dadin
Ildar Dadin

Rossiyalik siyosiy faol Ildar Dadin ozodlikka chiqqanidan keyin qamoqda o‘tkazgan 15 oy davomida uni jismoniy tahqirlashlar “sindirganini” aytdi.

Ildar jurnalistlarga Rossiya shimolidagi qamoqxonada qanday qiynoqlarga tutilganini batafsil so‘zlab berdi. Qiynoqlar aynan shu qamoqxonada sodir bo‘lgan. Keyinroq faolni Sibirdagi boshqa qamoqxonaga olib o‘tishgan.

Dadin Rossiya hududida namoyishlar o‘tkazish tartibiga oid qonunni bir necha bor buzganlikda ayblanib, 2,5 yillik qamoqqa hukm qilingan edi. Ko‘pchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan mazkur qonun 2014 qabul qilingan. Ungacha ruxsat berilmagan namoyishlarda ishtirok etish yengil jinoyat hisoblanar edi.

Oliy sud Dadin jazosini bekor qilganidan keyin u ozodlikka chiqdi. Dadin mazkur qonun bo‘yicha jazoga tortilgan yagona shaxsdir. Inson huquqlari guruhlari bu qonunni keskin tanqid qilib keladi.

Дадиннинг пресс-конференцияси
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:00 0:00

Dadin ozod etilishi hamda ombudsmen Tatyana Moskalkova qonunni bekor qilishga chorlashi ortidan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov 27 fevral kuni hukumat qonunni ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.

2016 yilning noyabrida Dadin qamoqda qiynoqqa tutilganini iddao qilishi ortidan bu ish xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortdi.

Buning ortidan inson huquqlari faollari qamoqxonada tergov o‘tkazishga chaqirdi. Pirovardida Dadin Sibirning Oltoy viloyatidagi boshqa qamoqxonaga o‘tkazildi.

Dadin qamoqxonda faoliyatini davom ettirishga harakat qilganini, ammo og‘riqlar uni “sindirganini” ta’kidladi.

Faolning aytishicha, u Petrozavodskda izolyatorda yuqori lavozimli qamoqxona rasmiysiga uxlashiga yo‘l qo‘yilmayotganidan noligan. Rasmiyga faolning bu gapi yoqmagan.

Dadinni 10 sentabr kuni Kareliya Respublikasidagi “IK-7” qamoqxonasiga olib borishgan. Qamoqxonada faolni yigirma daqiqa boshqa xonada ushlab turishgan. Bu orada uning narsalarini talon-taroj qilishgan. Narsalari orasida ikki olmos topilgan. Dadin olmoslarni rasmiylar qo‘yib qo‘yganini iddao qildi.

Keyin Dadinni jazolash kamerasiga olib borib, devorga qarab turishni buyurishgan. Faol qarshilik ko‘rsatganidan keyin uni haqoratlab, zo‘rlashlarini aytib tahdid solishgan.

Dadin jazolash kamerasida qolgan. Kameraning tualeti va umivalnigi yaxshi ishlamagan. Qamoqxona ishchilari uning tahorat qog‘ozi, tish pastasi, tish cho‘tkasi va sochig‘ini tortib olishgan. Dadin bu hol yuzasidan prokurorga arzlanishini izhor qilgan va ochlik e’lon qilgan.

Keyinroq Dadinni qamoqxona yetakchisi xonasiga olib borishgan. Yetakchi va uning uch xodimi faolni koridorga itarib chiqib, do‘pposlashgan, keyin xona ichida ham dam buni davom ettirishgan.

Dadinning aytishicha, ilk mushtni qamoqxona etakchisi tushirgan. “Jinoiy to‘da yetakchisi kabi u boshqalarga o‘rnak bo‘ldi, dedi faol.

Faolni keyin jazolash xonasiga olib ketishgan. Kech uni yana do‘pposlashgan.

XS
SM
MD
LG