Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:06

Kiyev-Samarqand havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi


Ukrainaning Aerosvit shirkati uchqichlari 5 iyuldan boshlab Borispol aeroportidan Kiyev-Samarqand-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qila boshladi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Ukraina poytaxtidan ko‘hna Samarqand shahriga 4,5 soat davom etadigan parvoz haftaning seshanba kunlari amalga oshadi.

Kiyevdan tungi 01:05da uchgan samolyot 7:30da Samarqandga yetib keladi.

09:00da ortga parvoz qilgan samolyot Kiyevga 12:00da qo‘nadi.

Ukrainadagi eng yirik Aerosvit aviashirkatiga qarashli samolyotlar 2010 yil oktabr oyidan beri Kiyev-Toshkent-Kiyev yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Aerosvit samolyotlari joriy yil yoz mavsumida ikki davlat poytaxti o‘rtasida haftasiga ikki marta parvoz qilmoqda.
XS
SM
MD
LG