Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:16

Klinton: Internet – demokratiyani targ‘ib qilish qurolidir


Internet foydalanuvchilarning muloqot vositasi sifatida yaratilgan tarmoqlar inqilob yasash quroliga aylanmoqda.
Internet foydalanuvchilarning muloqot vositasi sifatida yaratilgan tarmoqlar inqilob yasash quroliga aylanmoqda.
Internet foydalanuvchilarning muloqot vositasi sifatida yaratilgan tarmoqlar inqilob yasash quroliga aylanmoqda.

Seshanba kungi bayonotida AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton jahonning bir qancha mamlakati hukumatlarini internetga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. "Internet senzurasi iqtisodiy taraqqiyotga o‘rnatilgan to‘siqdir", dedi Klinton jumladan.

"Ayrim hukumatlar Internetga senzura o‘rnatib, o‘z mamlakatlari iqtisodiy kelajagiga to‘siq yaratmoqda", dedi Klinton.

AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, Internetga kirish insonning ajralmas huquqidir va bu erkin va ochiq bo‘lishi, odamlar qaysi ma‘lumotni olish va qaysisi bilan o‘rtoqlashishni o‘zlari hal qilishlari kerak.

- Onlayn tarmog‘idan erkin foydalanish erkin fikr almashish deganidir va Qo‘shma Shtatlar bu erkinlikni qo‘llab-quvvatlaydi va boshqa davlatlarni ham bunga chaqiradi,- dedi Klinton.

AQSh diplomatiyasi rahbarining bu bayonoti Misrda namoyishlar to‘lqinida prezident Husni Muborakning iste‘fosidan uch kun o‘tib yangradi.

Hillari Klinton Misrdagi voqealarda Internetning roli salmoqli bo‘lganini e‘tirof etdi.

Misrda yoshlarni namoyishga chiqishlari uchun Internetdagi Twitter, Facebook kabi tarmoqlar asosiy aloqa vositasi bo‘lib hizmat qildi.

Muborak rejimidan norozi odamlar Internet orqali ma‘lumot, video va fotosuratlarni almashib, o‘zaro jipslashdi.

- Odamlar o‘z harakatlarini elektron yozishmalar yordmida muvofiqlashtirdi. Bunda Facebook hamada Twitter ijtimoiy tarmoqlari muhim rol o‘ynadi,- deya ta‘kidladi Klinton.

Ayni paytda dunyoning ko‘plab davlatlari, Xitoy, Eron, Kuba qatori O‘zbekistonda ham aholining Internetdan foydalanish imkonlari o‘ta cheklangan.

Hillari Klinton AQSh jahon bo‘ylab Internetning to‘silishiga qarshi faol kurashish va buning uchun joriy yil Vashington 30 million dollar mablag‘ sarflash rejasini e‘lon qildi.

"Samizdat"dan "Facebook"ga

Namoyishlar davomida Qohiraning Tahrir maydonidan manzara.
Prezident Husni Muborak iste‘fosi bilan yakun topgan Misrdagi inqilob Sovyet Ittifoqidagi "Samizdat" davrini eslatdi. Sovuq urushi yillarida "Samizdat" o‘zgacha fikrlovchilarning yashirin nashri bo‘lgan.

XIV asrda Iogann Gyutenberg bosma stanok ixtiro etishi Yevropada protestant inqilobini yaratgani kabi dissidentlarning o‘zlari yaratgan "Samizdat" nashri o‘tgan asrning saksoninchi yillarida Sharqiy Yevropa mamlakatlarida baxmal inqiloblariga turtki bo‘ldi.

Bugun bosma nashrlar o‘rnini raqamli texnologiyalar egallar ekan, Internetdagi Twitter, Facebook tarmoqlari o‘zaro fikr almashish mexanizmi bo‘lib hizmat qilmoqda.

Misrdagi voqealarda bu tarmoqlarning roli yaqqol namayon bo‘ldi, deydi zamonaviy texnologiyalar sohasi mutaxassisi To‘lqin Turg‘unaliyev.

- Misrning 80 million aholisi borligi hamda va Facebook saytining bergan statistikasiga ko‘ra, Misrda 5 yarim millionga yaqin aholi Facebook da o‘tirishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu tarmoq haqiqatan kuchli rol o‘ynagan. Umuman nafaqat Tahrir maydonida, balki kelajakdagi jarayonlarda ham buni kutish mumkin,- deydi Turg‘unaliyev.

Bugungi kunda Facebook tarmoqig‘da qayd etilgan o‘zbekistonliklar soni 50 mingdan ortadi.

- Facebook da 54 ming o‘zbekistonlik o‘tiradi va bu mamlakat aholisining bir foizini ham tashkil qilmaydi. Bu O‘zbekistonda Internetni ommalashmagani, qolavyersa, o‘zbekistonlik Internet foydalanuvchilari ruscha Odnoklassnik kabi tarmoqlarda o‘tirishni ma‘qul ko‘rishi bilan bog‘liq. Ruscha tarmoqlar esa bahsu-munozaralar maydoni emas, balki shunchaki tanishuv saytlaridir,- deydi Turg‘unaliyev.

O‘tgan xaftalarda O‘zbekistonda “Arbuz.com” internet-forumi bir muddat yopildi. Sayt egasi o‘tgan xafta sayt qayta ochilganini e‘lon qilar ekan "Arbuz.com"da bir qancha mashhur siyosiy mavzular to‘xtatilganini bildirdi.

Bunda u foydalanuvchilarning xavfsizligini inobatga olgani haqda yozgan. Sayt ma‘lumotlariga ko‘ra, forum ishtirokchilarining bir nechtasi qo‘lga olingan.

Bir qancha vaqt ishlamay qolgan “Arbuz.com” forumi yana ishlay boshladi, ammo unda “O‘zbekiston: muammo va yechimlar”, “Din” va “Qirg‘izistondagi fojeali voqealar” kabi mashhur rubrikalar endi yo‘q. Forum mehmonlari ko‘proq ana shu rubrikalarga kirishar edi.
XS
SM
MD
LG