Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:42

Kobulda Karzayning maslahatchisi o‘ldirildi


Prezident Karzayga yaqin shaxslar o‘limi uchun Tolibon ma‘suliyatni zimmasiga oldi.
Prezident Karzayga yaqin shaxslar o‘limi uchun Tolibon ma‘suliyatni zimmasiga oldi.
Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzayning yaqin maslahatchilaridan biri¸ janubiy O‘ruzg‘on viloyati sobiq hokimi Jon Muhammad Xon yakshanba kuni Kobulda suiqasd qurboni bo‘ldi.
Afg‘oniston Ichki ishlar va Mudofaa vazirligi rasmiylariga ko‘ra¸ Muhammad Xon o‘z uyiga uyushtirilgan hujum paytida o‘ldirilgan. Hujum oqibatida¸ uning ënida bo‘lgan o‘ruzg‘onlik parlament deputati Muhammad Hoshim Vatanval ham o‘ldirilgan.
Hujum uchun Tolibon harakati ma‘suliyatni o‘z bo‘yniga oldi.
Bundan sanoqli kunlar avval Qandahorda prezident Karzayning o‘gay ukasi Ahmad Vali Karzay ham o‘z tan qo‘riqchisi tomonidan otib o‘ldirilgan va bu suiqasd uchun ham toliblar ma‘suliyatni o‘z zimmasiga olgan edi.
Ayni paytda¸ 18 iyul tongda Bamiën viloyatidagi NATO kuchlari viloyatdagi xavfsizlik uchun nazoratni Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga topshirdilar. Bugun boshlangan bu o‘tish davrining 2014 yil oxiriga borib to‘liq tugallanishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG