Линклар

Kobulda Qur‘on yoqilishiga qarshi namoyishlar bo‘ldi


Qobuk universiteti talabalari Qur‘onni yoqqan amerikalik pastorni sud qilishni talab etishmoqda.

Qobuk universiteti talabalari Qur‘onni yoqqan amerikalik pastorni sud qilishni talab etishmoqda.

Bugun Afg‘oniston poytaxti Kobulda floridalik pastorning Qur‘oni Karim nusxasini yoqib yuborganiga qarshi noroziliklar bo‘ldi.

Kobul universiteti oldiga yig‘ilgan yuzlab afg‘onistonlik talabalar Qur‘onni yoqqan amerikalik pastorni sud qilishni talab etdi.

20 mart kuni AQShning Florida shatatidagi cherkovlardan birining ruhoniysi Terri Jouns namoyishkorona tarzda Qur‘on nusxasini yoqib yuborgan edi.

Bundan g‘azablangan afg‘onistonliklarning 4 kundan beri davom etayotgan namoyishlari chog‘ida kamida 22 kishi, jumladan BMTning 7 xodimi halok bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG