Линклар

logo-print

Kobuldagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujumda 10 kishi o‘ldi


NATO vyertolyoti Interkontinental mehmonxonasi ustida uchayotgan payt.

NATO vyertolyoti Interkontinental mehmonxonasi ustida uchayotgan payt.

Kobuldagi lyuks mehmonxonaga janggarilar hujum qilgani oqibatida tinch aholidan kamida 10 kishi nobud bo‘ldi.

Seshanba kuni kechqurun 6-8 nafar xudkush Interkontinental mehmonxonasiga bostirib kirishga uringanida otishma ro‘y berdi.

To‘rt soat davom etgan otishma paytida mehmonxona tomiga chiqib olgan janggarilarga zarba berish uchun NATOning harbiy vyertolyoti yordamga chaqirildi.

Hujum paytida yana o‘n kishi yaralandi. Kobul politsiyasi boshlig‘i Muhammad Ayub Salangi nobud bo‘lganlar hammasi afg‘onistonliklar ekanini aytdi.

- Tonggi soat ikkida janggarilar hujumi tugadi. Armiya askarlari talafot ko‘rmadi. Uch nafar politsiya xodimi yaralandi. Hujum paytida tinch aholidan 10 kishi nobud bo‘ldi,- dedi Kobul politsiyasi boshlig‘i.

Otishma ro‘y bergan paytda mehmonxonada viloyat xokimliklari rasmiylari ham bo‘lgan.

Ular xavfsizlikni ta‘minlash vazifasi 2014 yilgacha Afg‘oniston kuchlariga topshirilishiga bag‘ishlab 29 iyun kuni boshlanadigan anjumanda qatnashish uchun Kobulga kelgan edilar.
XS
SM
MD
LG