Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:02

Kongressmen virtual ishqibozlik qilganini tan oldi


AQSh kongressi a‘zosi Entoni Uayner internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini noloyiq tarzda tutganligini e‘tirof qildi.
Dushanba kuni 46 yoshli kongressmen Uayner o‘zi aks etgan fotosuratlarni internetdagi tanishuv saytlari orqali bir necha ayollarga yuborganini tan oldi.
Uayner bu ayollar bilan virtual ishqiy munosabatlar yuritganini ham e‘tirof qildi.
Bundan oldin matbuotda berilgan xabarlarga ko‘ra¸ Uaynerning ayollarga yo‘llagan suratlarida mo‘tadil shahvoniy hislar aks etgan. Bu suratlarda kongressman ichki ishtonda bo‘lgani aytiladi.
Oldinroq Uayner bu tafsilotlarni rad qilgan edi.
Ayni paytda bu tafsilotlarni tan olgan kongressmen bu ayollar bilan faqat internetda shakarguftorlik qilganini urg‘ulab¸ ular bilan jisman yaqin bo‘lmaganini bildirdi.
Uayner bu voqeaning AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton idorasida referent bo‘lib ishlaydigan rafiqasi bilan ajralishga olib bormasligiga jamoatchilikni ishontirdi.
XS
SM
MD
LG