Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:53

Ko'rmaganning ko'rgani qursin


Ushbu suratda Toshkent - Samarqand trassasining Jizzax shahriga yaqin joyida ko'chani changitib ketayotgan yosh haydovchi tasvirga tushirilgan.

Aytib o'tish joiz, suratdagi mashina to'xtab turgan holda emas, balki katta ko'chada harakatlanib ketayotganda suratga olingan.

Bu nima o'zi? Ushbu foto-jumboqga mantiqiy javob izlagan insonning hayoliga uchta javob keladi. Birinchisi, yosh haydovchi shu qadar maqtanishni yaxshi ko'radiki, u piyodalarning e'tiborini o'ziga jalb qilish uchun oyoqlarini oynadan tashqariga chiqarib olgan. Ikkinchisi, roldagi yosh yigitchaning oyoqlari shu qadar uzunki, ular saloni tor Matizga sig'may qolgan. Uchunchisini aytmasa ham bo'laveradi - ruslar aytkaniday "yomon raqqosga ... xalaqit beradi."

Xazil xazil bilan-u, lekin bugungi kunning voqeligi o'zbekistonlik aksar yoshlar avtomobilni jamiyatdagi statusni ko'taruvchi hasham kabi hisoblashini ko'rsatadi.

Yozuvchilar Ilf va Petrov yozgan "Oltin buzoq" (Золотой телёнок) romanida taniqli jumla bor - "avtomobil hasham emas, balki harakat vositasidir". Taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov ham bu haqda dono gaplarni aytgan - "mashina hasham emas, uning ko'ylakning tugmasi kabi o'zining oddiy bir vazifasi bordir".

Suratni bizga jo'natgan mobil muxbirimiz, uni "ko'rmaganni ko'rgani qursin" deya nomlashni taklif qildi.

Aziz mushtariy, siz suratga nima deb nom bergan bo'lar edingiz?

***
Siz ham mobil muxbir bo'lishni hohlaysizmi? Sizda o'zbekistonliklar hayotiga oid qiziq surat va videolar bormi? Unda ularni bizning yoshtolqin@gmail.com elekrtron manzilimizga jo'nating.
XS
SM
MD
LG