Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:18

SHOSHILINCH: "Farg‘onaazot"da kuchli portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor


Farg‘ona shahridagi "Farg‘onaazot" zavodida kuchli portlash ro‘y berdi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, 23 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.30lar atrofida ro‘y bergan portlash oqibatida qurbonlar ham bor. Necha kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

Portlash "Farg‘onaazot" OAJning ammiak tsexida ta’mirlash-montaj ishlari jarayonida sodir bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Lekin ular soni hozircha e’lon qilinmadi.

Voqea sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

Baxtsiz hodisadan zarar ko‘rganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishi ham xabar qilindi.

"Farg‘onaazot"- O‘zbekistondagi eng yirik kimyo zavodlaridan biri hisoblanadi.

Zavod asosan kimyoviy mahsulotlar va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

1958 yilda asos solingan mazkur zavod O‘zkimyosanoat aktsionerlik kompaniyasi tarkibiga kiradi.

Ozodlik tafsilotlarni o‘rganmoqda.

XS
SM
MD
LG