Линклар

logo-print
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimiga pora berishga uringanlik aybi bilan uch oy muddatga umumiy tartibdagi jazoni o‘tash koloniyasiga jo‘natildi.

G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi ma‘lumotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish tartibini buzgan o‘zbekistonliklar protokol tuzmasliklari uchun huquq-tartibot organi xodimlariga 200 va 500 rubl miqdorida pora taklif qilganlar.

Press Layn axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kanskiy tuman sudi hakamlari hukm chiqarishda o‘zbekistonliklar o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgani va qilmishiga pushaymon bo‘lganlarini inobatga olgan.
XS
SM
MD
LG