Линклар

Lady Gaga Facebook orqali 1 million dollarlik ehson qilmoqchi


Lady Gaga 2010 yil MTV Music Awards tadbiriga go'shtga o'xshaydigan matohdan yasalgan kiyimda kelgan edi.

Lady Gaga 2010 yil MTV Music Awards tadbiriga go'shtga o'xshaydigan matohdan yasalgan kiyimda kelgan edi.

Taniqli pop-ashulachi Lady Gaga o'zining Facebook saytidagi muhlislar uchun sahifasida 1 million dollarlik ehson aksiyasini rejalashtirayotganini e'lon qildi.

Qo'shiqchining qariyb 33 million muhlisga ega bo'lgan Facebook sahifasiga qo'yilgan kechagi xabarda aytilishicha, u mahalliy xayriya tashkilotlari bilan birga New York shahridagi maktabni tugatib ishsiz yurgan yoshlarga yordam berish uchun 1 million AQSh dollari ajratmoqchi. Buning uchun u o'z muhlislaridan sahifada tavsiya etilgan 5ta xayriya tashkilotlaridan biriga ovoz berishni so'ramoqda. Va'da qilingan 1 million dollar ovozlarning soniga qarab xayriya tashkilotari orasida bo'linadi, deyiladi xabarda.

Qo'shiq aytish talanti, g'ayrioddiy chiqishlari va sahna kostyumlari bilan mashhur Lady Gaga Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali birinchi marotaba ehson uyushtirayotgani yo'q. O'tgan oyda u o'zining qariyb 10 millon "kuzatuvchisi" bor Twitter sahifasida Yaponiyadagi tabiiy ofatdan jabr ko'rganlarga yordam berish uchun muhlislari orasida pul yiqqan edi.
XS
SM
MD
LG