Линклар

AQSh estradasining taniqli qo'shiqchisi Lady Gaga birinchi bo'lib Twitter saytida 10 million "follower", ya'ni kuzatuvchiga ega bo'ldi. Shu kungacha hech kim Twitterda 10 millionlik auditoriyaga ega emas edi.

Londonda yangi albomi reklamasida qatnashayotgan Lady Gaga ushbu munosabat bilan Twitter sahifasida o'zining sahna obraziga hos xabar yozdi.

- 10 million mahluqlar! Ta'riflashga til ojiz. Biz bunga erishdik! Men sizlari juda ham sevaman. Londonni yuzimda tabassum bilan tark qilmoqdaman, - deb yozadi millionlar yulduzi Lady Gaga.

Bu bilan mega-super-taniqli Lady Gaga o'zini Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning qirolichasi ekanligi yana bir bor tasdiqladi. Eslatamiz, Lady Gaga birinchi bo'lib Facebook ijtimoiy tarmog'ida 10 million fanatga ega bo'lgan. Uning YouTube saytidagi videolarini tamosha qilganlarning soni esa jami bo'lib bir milliarddan ziyoddir.
XS
SM
MD
LG