Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:54

Lavlagi ham bodringning kuniga tushdi


Bodringdan topilgan bakteriyadan o'lganlar soni 29 kishiga yetdi.
Bodringdan topilgan bakteriyadan o'lganlar soni 29 kishiga yetdi.
Hollandiyada lavlagi o‘simtasidan E.coli bakteriyasining yangi turini topishdi.

Tahlillar bu bakteriyaning nisbatan havfsiz ekanini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Hollandiya chet ellarga eksport qilingan lavlagilarni qaytarib olishga qaror qildi.

Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra E.coli bakteriyasidan tarqalgan virusdan o‘lganlar soni 29 kishiga yetdi.

Payshanba kuni yana bir kishi E.coli qurboni bo‘ldi.

Germaniya rasmiylari dastlab bakteriya o‘chog‘i Ispaniyada yetishtirilgan bodringda ekanini aytishdi. Keyinchalik esa, bunga oid boshqa ma‘lumotlarni tarqatgani iste‘molchilar orasida sarosimaga sabab bo‘ldi hamda Ispaniya, Hollandiya, Germaniya va Belgiya kabi mamlakatlardagi fermer shirkatlarining bodringlari kasod bo‘ldi.

Bundan tashqari Rossiyaning Yevropa Ittifoqida yetishtirilgan meva-sabzavotlar importiga ta‘qiq joriy qilgani yevropalik fermerlar ko‘rgan zararni yanada ko‘paytirdi.

Yevropadagi epidemiya may oyida Germaniyaning Hamburg shahrida boshlanganidan beri E. coli bakteriyasining xavfli formasidan 29 kishi nobud bo‘ldi. Infeksiyani yuqtirib olganlar soni 2300 dan ortdi. Uni yuqtriganlarning aksari o‘tgan oyda Hamburgda bo‘lib qaytgani aytilmoqda.

Germaniyalik epidemiologlar infeksiyaning o‘chog‘i hamon noaniq qolayotganini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG