Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:36

Legioner Odil Axmedov yana birinchi!


Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida a'lo o'yin ko'rsatgan Odil Axmedov chet el futbol klublarining skautlari e'tiboriga tushgan edi.
Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida a'lo o'yin ko'rsatgan Odil Axmedov chet el futbol klublarining skautlari e'tiboriga tushgan edi.
O'zbekistonlik futbolchi Odil Axmedov asta-sekin Rossiya premyer-ligasining yorqin yulduzlaridan biriga aylanib bormoqda. Maxachqal'aning "Anji" klubida to'p surayotgan hamyurtimiz mashhurligining ortib borishi Rossiyaning sport bo'yicha internet sahifalarida ham aks etmoqda.

Rossiyalik futbol ishqibozlarining sevimli internet saytlaridan biri "Futbol na Kulichkax" veb-sayti o'zining forumida o'tkazgan "online" so'rovda Odil Axmedov Rossiya premyer-ligasi 3-chi bosqichining eng yaxshi o'yinchisi deb to'pildi. So'rovda 4898 forumchi qatnashib, 26 futbolchi orasida birinchi o'rin olgan Axmedovga 1172 forumchi (24%) o'z ovozini bergan.

So'rov natijalariga ko'ra birinchi beshtalikga kirgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha: Odil Axmedov (Anji) 1172 (24%) ovoz bilan, Maurinyo (Terek) 579 (12%), Vladislav Ignatyev (Lokomotiv) 513 (10%), Aleksandr Kerjakov (Zenit) 464 (9%) va Gocha Hodjayev (Volga) 313 (6%) ovoz bilan.

Odil Axmedovning Rossiya premyer-ligasi3-chi bosqichidagi muvaffaqiyatiga liga yetakchisi Qozonning "Rubin" klubiga qarshi o'tgan o'yinda kiritilgan yagona golga assistentlik qilgani bo'ldi.
XS
SM
MD
LG