Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:20

Lenin ko‘chdi, yashasin Somoniy


Tojikistonning Xo‘jand (avvalgi Leninobod) shahridagi Lenin haykali olinib, uning o‘rniga tojik davlatchiligi asoschisi Ismoil Somoniy haykali o‘rnatiladi.

Haykal turgan maydon nomi ham “Somoniy” deb ataladigan bo‘ldi. Bu haqda shahar ma‘muriyati rasmiylari ma‘lum qildi.

Hozirda Lenin haykalini ko‘chirish ishlari boshlangan. Aytilishicha, u Xo‘janddagi baynalmilal jangchilar parkiga ko‘chadi.

Xo‘janddagi Leninning po‘latdan yasalgan 12 metrli haykali Tojikistonda kommunistlar dohiysiga o‘rnatilgan eng baland yodgorlik hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG