Линклар

Internet onlayn ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini yangi xizmatlar bilan quvontirishni davom ettirmoqda. "Yosh to'lqin" yoshlar loyihasi esa ushbu yangi xizmatlarga izoh berishdan tolmaydi. Bugungi internet-izohimiz "Likester" xizmati haqida bo'ladi.

"Likester" xizmati qariyb 670 million foydalanuvchisi bor Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifalarga berilgan ovozlarni sanaydigan, ya'ni sahifalarni necha marotaba "like" etilganini qayd etadigan va sahifalarni bir-biriga "like"lar asosida solishtiradigan xizmatdir. "Likester"ning yana bir qulay tarafi shu-ki, u sahifalarga berilgan ovozlarni davlatlar va shaharlar bo'yicha ham saralaydi.

Boz ustiga, siz, "Likester"ga qo'shilganingizdan so'ng, Facebookdagi do'stlaringiz qaysi sahifalarni "yoqtirayotganini" kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. "Likester"ning qidiruv tizimida esa Facebookdagi hohlagan sahifangizni izlab topib, unda nechta "like" bo'lganini ko'rishingiz ham mumkin bo'ladi.

Endi yomon tarafi - "Likester"dagi ma'lumotni olish uchun siz Facebook sahifangizdagi shaxsiy ma'lumotni (adres, do'stlaringiz ro'yxati, siz yoqtirgan sahifalar) u bilan o'rtoqlashishingiz kerak. Biroq "Likester" xizmati asoschilarining aytishicha, shaxsiy ma'lumot uchinchi shaxslarga berilmaydi va qattiq sir saqlanadi.

"Yosh to'lqin" loyihasi "Likester" imkoniyatlarini sinab ko'rish uchun unda O'zbekistonga oid sahiflarni va ularga qo'yilgan "like"larni qidirib ko'rdi. Tadqiqotimiz natijalari bilan quyida tanishing:

# Sahifa nomi "Like"lar soni
1 I love Uzbekistan / Я люблю Узбекистан 9298
2 The Uzbekistan 8673
3 Uzbekistan-Özbekistan 8821
4 Tashkent, Uzbekistan 7121
5 Beeline Uzbekistan 5494
6 Uzbekistan News (O'zbekiston yangiliklari) 4524
7 I like Uzbekistan 4118
8 Yulduz Usmonova 3980
9 The Desert of Forbidden Art (rassom Igor Savitskining Nukus shahridagi muzeyi haqida olingan xujjatli film) 2776
10 Visit Uzbekistan 1809

Aziz mushtariy, agar "Likester" bergan natijalar bilan qoniqmagan bo'lsangiz, o'z fikringizni maqola ostidagi sharhlarda qoldiridhingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG