Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:16

Liviya isyonchilari qo‘mondoni NATOni tanqid qildi


Liviyadagi partizan kuchlarning Brega shahri yaqinida ortga chekinishi, 5 aprel 2011 yil
Liviyadagi partizan kuchlarning Brega shahri yaqinida ortga chekinishi, 5 aprel 2011 yil
Liviya partizanlari qo‘mondoni NATOni mamlakat rahbari Muammar Qaddafiy kuchlariga qarshi havodan juda sekin hujum qilayotgani uchun tanqid qildi.

Qaddafiy rejimining isyonchilar tarafiga qochib o‘tgan sobiq ichki ishlar vaziri Abdul Fattoh Yunus NATO o‘z hujumlarini jadallashtirmasa, BMT Xavfsizlik kengashiga hisobot berish bilan taxdid qildi.

Qaddafiy kuchlari fevral oyida hukumatga qarshi bosh ko‘targan isyonchilar va ularning tarafdorlari yo‘q qilinishini to‘xtatish maqsadida BMT Xavfsizlik kengashi o‘tgan oy xorij davlatlariga havodan hujum uyushtirishga ruxsat bergan edi.

Seshanba kuni Beng‘ozi shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fattoh Yunus NATO hujumlari sekinlashib qolgani Qaddafiy kuchlariga qurshovda bo‘lgan Misrata shahriga hujum qilishga va odamlarni o‘ldirishga imkoniyat yaratganini aytdi.

- Agar NATO yana bir hafta kutganda, Misrata tamom bo‘lardi va u yerda tinch aholi qolmasdi. Odamlar o‘lardi va bunday jinoyat uchun xalqaro hamjamiyat mas‘ul bo‘lardi. NATO kim? Ular nima qilayapti? BMT ularni biz uchun mas‘ul qilib qo‘ydi. Ular hech narsa qilgani yo‘q, - dedi Abdul Fattoh Yunus.

Bunga javoban NATO BMTning Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq o‘z mandatini bajarayotganini aytdi.
XS
SM
MD
LG