Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:04

Liviya isyonchilariga moliyaviy yordam berildi


Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabida o‘tgan Liviya xalqaro kontakt guruhi yig‘inida Liviya isyonchilariga yordam berish masalasi ijobiy hal bo‘ldi.

Liviya isyonchilariga bir milliard uch yuz ming dollar miqdorida pul beriladi.

Yig‘ilishda ishtirok qilgan AQSh davlat kotibi Xillari Klinton matbuot anjumanida mana bularni aytdi:

-Liviya bo‘yicha Xalqaro kontakt guruhining bugungi samarali yig‘ilishi bizning koalitsiya birdam va o‘z majburiyatlariga sodiq ekanini yaqqol namoyon qildi.

Biz yana bir bor shuni aytamizki¸ Liviyadagi nizoning birgina yechimi tinch aholiga qarshi hujumni to‘xtatishdir. Qaddafiy iste‘foga ketishi kerak. Liviya halqi o‘z mamlakatining kelajagini o‘zi belgilashi lozim, -dedi Xillari Klinton.

Yig‘ilishda Fransiya¸ Britaniya va Arab ligasiga a‘zo davlat vakillari ishtirok etdi.

Avstraliya va AQSh Liviya isyonchilarining o‘tish davri milliy kengashini Liviya xalqining “mashru vakili” sifatida tan olajaklarini e‘tirof qilishdi.
XS
SM
MD
LG