Линклар

Liviya Britaniyaga uchqichlari hujumi oqibatida yirik neft koniga va undan O‘rtayer dengizi portiga neft yetkazuvchi quvurlarga zarar yetganini bildirdi.

Liviya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Kaimga ko‘ra, Sarir neft havzasiga uyushtirilgan hujumda uch nafar soqchi halok bo‘lgan.

Britaniya Kaimning iddaosiga hozircha munosabat bildirmadi.

Undan oldin Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar Misrata shahri yaqinidagi isyonchilar egallagan pozitsiyalarni tanklar va og‘ir qurollardan o‘qqa tutdi.

Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Qaddafiy nima qilish kerakligini bilishini aytdi.

- Menimcha, janob Qaddafiy nima qilishi kerakligini biladi. O‘t ochish to‘xtatilishi kerak, katta zo‘ravonlik va ko‘plab odam hayoti evaziga egallab olingan shaharlardan uning kuchlari olib chiqilishi lozim. Uning hokimiyatdan ketishi va mamlakatni tark etishi xususida qaror qabul qilinishi kerak, - dedi Hillari Klinton.

Xabarlarga ko‘ra, Qaddafiy AQSh prezidenti Barak Obamaga maktub yo‘llab, AQSh rahbarini, Qaddafiy ta‘biri bilan aytganda, "adolatsiz urush"ga chek qo‘yishga chaqirgan.
XS
SM
MD
LG