Линклар

Liviya rasmiylari bayonotiga ko‘ra, NATO kuchlari Muammar Qaddafiyning yaqin mulozimlaridan birining uyiga dushanba kuni bergan havo zarbasidan tinch aholidan 15 kishi, shu jumladan 3 bola o‘lgan.

NATO rasmiylari Sorman shahriga havo zarbalari amalga oshirilganligini inkor etmagan holda, nishonga mutlaq harbiy ob‘ektlar olinganini ta‘kidlamoqda.

Liviya rasmiylari jurnalistlarga Liviya inqilobiy qo‘mondonligi kengashi a‘zosi Xuvildi Hamidiyning vayron bo‘lgan hovli-joyini hamda mahalliy kasalxonada saqlanayotgan 9 ta jasadni ko‘rsatdi.

Bir kun avval NATO Tripoliga bergan zarbasidan tinch aholi vakillari halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tan olgan edi.
XS
SM
MD
LG