Линклар

logo-print
AQShning Liviyadagi elchisiga ko‘ra, Liviya hukumatiga qarashli qo‘shinlar va isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qurbonlari soni 30 ming kishiga yetgan bo‘lishi mumkin.

Mamlakatdagi vaziyatdan kelib chiqib Tripolini yanvar oyida tark etgan Jin Kres chorshanba kuni jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Liviyada o‘lganlar soni 10 mingdan 30 ming nafargacha bo‘lishi mumkin, biroq aniq raqam aytishning hozircha imkoni yo‘q, dedi.

Chorshanba kuni Tripoliga inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq faktlarni o‘rganish maqsadida BMT komissiyasi yetib bordi.

Shu kuni Qaddafiyga sodiq kuchlar isyonchilar nazoratida bo‘lgan Misirata shahrini zambaraklardan o‘qqa tutdi.
XS
SM
MD
LG