Линклар

logo-print

Liviyada halok bo‘lgan namoyishchilar soni 233 ga yetdi


Aksilhukumat namoyishchilar Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning haykalini buzishmoqda.

Aksilhukumat namoyishchilar Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning haykalini buzishmoqda.

Tunis va Misrda bo'lib o'tgan qo'zg'alonlar endi Liviyaga ko'chdi.

So‘nggi bir necha kun davomida Liviyadagi tartibsizliklar payti halok bo‘lgan fuqarolar soni, Hyuman Rayts Uotch tashkilotiga ko‘ra, 233 nafarga yetgan. Qurbonlar orasida ayollar va yosh bolalar bor.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotiga ko‘ra, Liviyada namoyishchilarga qarata o‘t ochishdan bosh tortgan ko‘p sonli harbiy xibsga olingan va ularning ko‘pchiligi qatl etilishlari mumkin. Lekin bu ma‘lumot boshqa manbalar tomonidan tasdiqlanmadi.
Liviya aholisi soni 6,5 million. Liviyada 296 280 ta Facebookchi bor. Ularning 69% erkaklar, 31% ayollar tashkil etadi. 18-34 yoshgacha bo'lganlarning soni 70%.

Liviya sharqida joylashgan Beng‘ozi shahrida hukumat kuchlari Muammar Qaddafiy muxoliflari tarafiga o‘tgani haqida xabarlar bor.

Liviyaning Arab ligasidagi doimiy vakili Abdul al-Xoniy hukumat kuchlari namoyishlarni kuch bilan bostirishiga norozilik belgisi sifatida lavozimidan iste‘fo berdi.

Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning o‘g‘li televideniye orqali chiqishida mamlakat fuqarolik urushi yoqasida ekani va mamlakat kuchlari barqarorlikni har qanday yo‘l bilan saqlab qolishini aytdi.

Muammar Qaddafiyning o‘zi Liviyada noroziliklar boshlanganidan buyon sukut saqlamoqda.

Liviya rahbari Muammar Qaddafiy mamlakatni qirq yildan ortiqroq davr mobaynida idora etib keladi va arab dunyosida eng uzoq muddat taxtda qolayotgan yetakchi sanaladi.
XS
SM
MD
LG