Линклар

Liviyalik isyonchilar Tunis chegarasidagi tekshiruv punktini o‘z nazoratiga oldi.

“Vazin” chegara postining Tunis tomonidagi guvohlarga ko‘ra, isyonchilar Liviya rahbari Muammar Qaddafiy kuchlarini u yerdan siqib chiqargan.

Ayni paytda, NATO Liviya aholisini Qaddafiy kuchlari va ularga tegishli inshootlardan yiroqlashishga chaqirdi.

Bu NATOning havo hujumlari paytida tinch aholi orasida talafotlar bo‘lishining oldini olish maqsadi bilan izohlanmoqda.

21 aprel kuni ertalab Liviya davlat televideniyesi NATO uchqichlari Tripolini bombardimon qilgani oqibatida sakkiz kishi o‘lgani, 18 nafari yaralanganini e‘lon qildi.

Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi isyonchilarni qo‘llash maqsadida Qaddafiy kuchlariga qarshi NATO hujumlari kuchaytirilishini bayon qildi.

Isyonchilarni tayyorgarlikdan o‘tkazishda yordam berish uchun Britaniya Fransiya va Italiya Liviyaga harbiy maslahatchilarini jo‘natmoqda.

Qo‘shma Shtatlar esa isyonchilarga 25 million AQSh dollari miqdorida yordam ko‘rsatishni rejalamoqda.
XS
SM
MD
LG